Skip to main navigation Skip to search Skip to main content

O'zbekistonning transmilliy oliy ta'lim habiga aylanishi: tahlil, taqqos va taklif

Translated title of the contribution: The transformation of Uzbekistan into a transnational higher education hub: analysis, comparison and proposal

Research output: Other contribution

Abstract

2018–2022-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda 23 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi o‘z filiallarini ochdi. Natijada, O‘zbekiston xorijiy filiallar soni bo‘yicha dunyoda Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklaridan (BAA)dan keyingi uchinchi mamlakatga aylandi. Ushbu tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston hukumati va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining transmilliy ta’lim bo‘yicha hamkorlik qilish sabablari, shuningdek, ushbu filiallarning tashkil etilishi va faoliyati jarayonida duch kelgan muammolari hamda dastlabki natijalarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot uchun ma’lumotlar, asosan, O‘zbekistonda transmilliy ta’lim muassasalarining rivojlanishi va faoliyati bo‘yicha chuqur bilim va tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislardan olingan. Tadqiqot ishtirokchilarining fikrlari va tahlil qilingan ikkilamchi ma’lumotlar asosida O‘zbekistonda oliy ta’limning rivojlanishi bo‘yicha ijobiy istiqbollar kutilmoqda. Maqola yakunida ta'lim mas'ullari, transmilliy ta’lim muassasalari va oliy ta’lim tizimini transmilliy ta’lim orqali rivojlantirishni maqsad qilgan davlatlar uchun tavsiyalar berilgan.
Translated title of the contributionThe transformation of Uzbekistan into a transnational higher education hub: analysis, comparison and proposal
Original languageOther
PublisherHigher Education in Uzbekistan
Place of PublicationUzbekistan
Edition1
Volume2024
ISBN (Electronic)ISSN 2181-3051
DOIs
Publication statusPublished - 24 Jun 2024

Keywords

  • Higher Education
  • Transnational education
  • Education hub
  • Uzbekistan

Fingerprint

Dive into the research topics of 'The transformation of Uzbekistan into a transnational higher education hub: analysis, comparison and proposal'. Together they form a unique fingerprint.

Cite this